avatar
Куч
0.00
Рейтинг
0.00

Мақолалар

MENING BOBOM VA BUVIM — MAHALLAMIZ FAXRI

Sherlardan...
MENING BOBOM VA BUVIM — MAHALLAMIZ FAXRI.
 
REJA:
1.  2015- yil “Keksalarni e’zozlash ” yili
2.  Keksalar ibrat maktabi
3. Buvim aytgan o’gitlar, yuksaklikka yetaklar/
Joriy yil Yurtboshimiz tomonidan “Keksalarni e’zozlash ” yili deya e’lon qilingani bizning ertangi nurli manzillar sari olg’a borishimizda shamchiroq bo’lib kelayotgan bobo, buvilarimizga hurmat hissini yanada oshiradi. Ularning ibratli hayot maktablarini biz kelajak yoshlar uchun namuna sifatida taqdim qilish, hamda bugungu nurafshon istiqlol kunlariga qadar yetib kelgunga qadar mashaqqatlar ummonidan mardonavor  o’tgan otaxon va onaxonlarimizning mehnatlarini qadrlash ulug’lash singari tuyg’ularni singdirish, munosib taqdirlash, e’zozlash kabilarni nazarda tutadi. Anashunda ulug’ maqsadlar yo’lida amalga oshirilayotgan ishlar esa bugun shunchaki qo’l uchida yoki majburiyat yuzasidan emas, balki chin ko’ngildan amalga oshirilmoqda. Respublikamizning barcha viloyatlarida bo’lgani singari bizning Olot tumanida ham anashunday qadrli va savobli ishlar amalga oshirildi. Tuman hokimi va mahallamiz vakillari tomonidan qaratilayotgan e’tibor ularning umrlariga umr qo’shibgina qolmay dillarida faxr hissini yana bir karra orttirdi. Mening buvim ham mahallaning eng yoshi ulug’keksalaridan. Shu bahorda 91 yoshni qarshilagan buvim hayotlari davomida juda katta mashaqqatli dovonlardan oshib o’tganlar. Bugun o’zlarining hayotdagi qiyinchiliklarini bizga aytib berar ekanlar ko’zlarida yosh aylanadi, shu kunlarga yetkazganiga shukrona aytib, qo’li duodan tushmaydi. “Keksalarni e’zozlash ” yili munosabati bilan amalga oshirilayotgan qator ishlar  anashunday yoshi ulug’ keksalarimizning ibrat maktablari mavqeini yana bir karra oshiradi. 
91 yoshga kirgan bo’lsalarda hali keksaliklarini tan olmaydigan buvim dam chuchvara tugsalar, dam chevaralarining yaxshi kunlariga deya ko’rpa to’shaklarni turnaqator qilib tekis tikadilar. Dam qarasangiz chevaralarini oldilariga chaqirib ertak va ushuk, topmachayu xalq og’zaki ijodi namunalaridan aytib yuradilar. Mahalladagilar ham buvimni xazina buvi deyishadi, to’y maraca yoki katta ishlar qilishdan oldin maslahat va duolarini olishadi.
Siz ulug’ xazinam ardoqligimsiz,
Bag’ringizga kirsam oromda yurak.
Mening eng baxtiyor onlarim uchun
Buvijon o’zingiz bo’ldingiz tirgak.
Sizni buvi desam og’rinar tanam,
Onamday mehribon yaqinimsiz siz.
Siz aytgan o’gitlar hayoti yana 
Bardavom bo’lajakbuvijonginam.
Buvimning xazinalari, u kishining ertak va aytimlari. Turli xil vaziyatlarda hayotiy  ibratlari bizga faqatgina o’git emas, balki dalda ham bo’ladi.hozir sizga ham anashunday javohirlar xazinasidan taqdim qilmoqchiman.
Topishmoqlar .
O’zi uyda soqoli teshda.
                         (Bolor)
Beli bog’liq qulvachcha.
                 (Supurgi)
Maqollar .
O’tirgandim g’amsiz qayg’usiz hamsoyamning eshagi tug’di quloq quyruqsiz.
  Erta bilan turganing, rizqingni mo’l tutganing.
O’ylaymanki, men singari yoshlar o’z ijodiy ishlari orqali o’zining farzandlik burchini ado etishga shoshilgan tengqurlarim ko’p. ularga omad tilab qolaman.
 
 
Umidjon Hojiyev
Olot tuma 25-son o’rta umumta’lim maktabining 8- sinf o’quvchisi, “Barkamol avlod”bolalar makazi “Yosh journalist va notiq”to’garagi a’zosi